1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda Mir Alişer Navoiy tavallud kuniga bağişlab badiiy-adabiy tadbir ötkazildi.

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida buyuk mutafakkir olim, şoir va davlat arbobi, turkiy adabiyot asosçisi hazrat Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligiga bağişlangan “Söz…

Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida buyuk mutafakkir olim, şoir va davlat arbobi, turkiy adabiyot asosçisi hazrat Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligiga bağişlangan “Söz sehri ila yaşagan siymo” şiori ostidagi badiiy-adabiy keça bölib ötdi.

Keçani Özbek tili va adabiyoti kafedrasi katta öqituvçisi Jamoliddin Abdullayev Alişer Navoiy siymosini gavdalantirib, ulug‘ şoir libosida “Topmadim” radifli ğazalni mahorat bilan ijro etdi.

Tadbirni Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöja oçib berdi. U öz nutqida Alişer Navoiy şaxsiyati, uning turkiy til taraqqiyoti va jamiyat farovonligi yölidagi beqiyos örni hamda bugungi özbek adabiy tilining şakllanişida tutgan muhim mavqeini ilmiy asosda yoritib berdi.

Şuningdek, tadbirda Özbekiston Yozuvçilar va Jurnalistlar uyuşmalari a’zosi, professor Rahimboy Jumaniyozov hamda Alişer Navoiy nomidagi özbek tili va adabiyoti universiteti filologiya fanlari nomzodi, dotsent Karomat Mullaxöjayeva öz ma’ruzalari bilan iştirok etib, Navoiy ijodining badiiy-falsafiy mohiyati, uning yoşlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida qimmatli fikr-mulohazalar bildirdilar.

Tadbir davomida universitet talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar, ta’sirli sahna körinişlari hamda Alişer Navoiy ğazallarining turli şarq tillarida, xususan arab, turk, xitoy, koreys va yapon tillaridagi ijrolari tadbir iştirokçilari va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Xususan, “Layli va Majnun” dostonidan sahnalaştirilgan parçalar adabiy-badiiy keçaning mazmunini yanada boyitdi.

Manba: Telegram