1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda matbuot kotiblari uçun taşkil etilgan maxsus öquv kursi yakunlandi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Andijon viloyati tumanlari matbuot kotiblari uçun “Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oşirişda zamonaviy PR yondaşuvlar” mavzusida ikki…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Andijon viloyati tumanlari matbuot kotiblari uçun “Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oşirişda zamonaviy PR yondaşuvlar” mavzusida ikki kunlik öquv kursi taşkil etildi.

Öquv maşğulotlari davomida professor Beruniy Alimov tomonidan “Viral davlat kommunikatsiyasi va inqiroz kommunikatsiyalari”, professor Nargis Qosimova tomonidan “Kreativ kontent yaratiş hamda sun’iy intellekt yordamida axborot xizmatlarini raqamli tahlil qiliş”, Şohruh Qosimov tomonidan esa “Zamonaviy PR va kommunikatsion kampaniyalarni boşqariş” mavzularida amaliy darslar ötkazildi.

Maşğulotlarning ikkinçi kunida Muxtabar Gulyamova “Ekologik PR strategiyalari”, Kamola Yusupova “Spiçrayterlik, ritorika va neyromarketing”, Gulnoza Najmiddinova “Faktçeking”, professional fotojurnalist Oqil Gulyamov “Foto tahrirlaş”, va Şohruh Qosimov “Davlat xizmatlarida işonç va reputatsiyani boşqariş” mavzularida öz bilim va könikmalari bilan örtoqlaşdi.

Maşğulotlarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda real misollar va amaliy topşiriqlarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Ikki kunlik öquv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan iştirokçilar universitet rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöja tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Manba: Telegram