1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda matbuot kotiblari uçun öquv kurslari davom etmoqda

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Samarqand viloyati tuman hokimliklari matbuot kotiblari uçun 2 kunlik amaliy va kreativ öquv kurslari boşlandi. Dastlabki kun maşğulotlari…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Samarqand viloyati tuman hokimliklari matbuot kotiblari uçun 2 kunlik amaliy va kreativ öquv kurslari boşlandi.

Dastlabki kun maşğulotlari zamonaviy axborot makonida dolzarb bölgan mavzularga bağişlandi. Gulnora Nişonova "Fact-checking: raqamli davrda axborotni tekşiriş" mavzusida mahorat darsi ötkazib, iştirokçilar bilan real voqealar va amaliy misollar asosida faktlarni tekşirişning samarali usullarini tahlil qildi.

Şuningdek, professor Nargis Qosimova "PR va AI", "Storytelling va ma’lumotlar tahlili" hamda "Ekologik ijtimoiy mas’uliyat" mavzularida zamonaviy kommunikatsiya vositalari, sun’iy intellekt imkoniyatlari va ta’sirçan hikoya yaratiş sirlarini sodda hamda hayotiy misollar orqali yoritib berdi.

Kun yakunida esa Töğon va Qudrat Ernazarov nomidagi Jamoatçilik bilan aloqalar kafedrasi mudiri, (PhD) Şohruh Qosimov "Davlat xizmatida jamoatçilik bilan aloqalar" mavzusida ma’ruza qilib, davlat taşkilotlarida oçiq muloqot, samarali kommunikatsiya va jamoatçilik işonçini mustahkamlaş borasidagi muhim tajribalari bilan örtoqlaşdi.

Mazkur öquv kurslari matbuot kotiblarining kasbiy salohiyatini oşiriş, zamonaviy PR yondaşuvlarini özlaştiriş hamda axborot bilan işlaş könikmalarini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.

Öquv kursi davom etmoqda.

Manba: Telegram