
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Namangan viloyati tuman hokimliklari matbuot kotiblari uçun 2 kunlik amaliy va kreativ öquv kursi taşkil etildi. Maşğulotlarning birinçi kunini…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Namangan viloyati tuman hokimliklari matbuot kotiblari uçun 2 kunlik amaliy va kreativ öquv kursi taşkil etildi.
Maşğulotlarning birinçi kunini rektor, siyosiy fanlar doktori professor Şerzodxon Qudratxöja özining master klass darsi bilan boşlab berdi. Şuningdek kun davomidagi darslarda matbuot kotiblarga malakali professor-öqituvçilar, jumladan, Nargis Qosimova tomonidan zamonaviy media makonida sun’iy intellekt texnologiyalarining örni, ularni matbuot xizmatlari faoliyatiga samarali joriy etiş hamda sifatli kontent yaratişning muhim jihatlarini real misollar asosida tuşuntirib berildi.
Şuningdek, Oqil Ğulomov iştirokçilarga fotojurnalistika sohasida uçraydigan eng köp muammolar, kadr tanlaş, kompozitsiya, yoruğlik, rakurs va vizual hikoya yaratişdagi xatolar hamda ularni bartaraf etiş böyiça amaliy tavsiyalar taqdim etdi.
Interaktiv ruhda ötgan dars davomida iştirokçilar real misollar asosida tahlillar olib borib, zamonaviy media vositalaridan foydalaniş, sun’iy intellekt imkoniyatlarini amaliyotga tatbiq etiş hamda sifatli vizual kontent yaratiş böyiça foydali bilim va könikmalarga ega böldilar.
Öquv kursi ertaga ham davom etadi.
———————————————
Manba: Telegram


