1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda “Inşolar tanlovi” ötkaziladi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

21-oktabr — Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar örtasida “Ona tilim — ğururim” inşolar tanlovi taşkil…

21-oktabr — Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar örtasida “Ona tilim — ğururim” inşolar tanlovi taşkil etilmoqda.

Tanlovdan közlangan maqsad — ona tilimizga bölgan hurmatni yanada oşiriş, talabalarning ijodiy salohiyati va yozma nutq könikmalarini rivojlantiriş hamda özbek tilining boy imkoniyatlarini keng namoyon etişdan iborat.

Sana: 16-oktabr
Vaqt: 11:00
Manzil: Özbek tili va adabiyoti kafedrasi

Tanlovda ÖzJOKUning barça talabalari iştirok etişlari mumkin.

Aziz talabalar, ona tilimizga bölgan mehringiz, ijodiy mahoratingiz va qalbingizdagi ifodalarni qalamga muhrlaş uçun uşbu imkoniyatni qöldan boy bermang!

Batafsil ma’lumot uçun: @Sugdiyona_Tillamurodovna
———————————————

Manba: Telegram