
2024/2025-öquv yilida ikkinçi va undan keyingi ta’lim (ikkinçi mutaxassislik) uçun talabgorlarni onlayn röyxatdan ötkaziş Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali…
2024/2025-öquv yilida ikkinçi va undan keyingi ta’lim (ikkinçi mutaxassislik) uçun talabgorlarni onlayn röyxatdan ötkaziş Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn şaklda amalga oşiriladi.
Nomzodlar platformada quyidagi ma’lumotlarni kiritadilar:
• Özining pasport ma’lumotlari va JŞŞIR ma’lumoti
• Diplom va uning ilovasining elektron nusxasi
• Öqiş istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yönalişini tanlaş
Ikkinçi va undan keyingi oliy ma’lumot böyiça öqitiş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
Ma’lumot uçun, ikkinçi va undan keyingi oliy ta’lim böyiça qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengaşi tomonidan belgilanadi (manba).


