1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda Farğona viloyati tuman hokimliklari matbuot kotiblari uçun taşkil etilgan maxsus öquv kursi yakunlandi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Farğona viloyati tuman-şahar hokimliklari matbuot kotiblari uçun taşkil etilgan maxsus öquv kursning ikkinçi kunini, ÖzJOKU dotsenti, PhD Iroda…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Farğona viloyati tuman-şahar hokimliklari matbuot kotiblari uçun taşkil etilgan maxsus öquv kursning ikkinçi kunini, ÖzJOKU dotsenti, PhD Iroda Nasimova özining “Faktçeking – haqiqat qidirib” mavzusidagi amaliy maşğuloti bilan boşlab berdi.

Maşğulot davomida axborotning töğriligini tekşiriş, işonçli manbalarni aniqlaş kabi masalalarkeng tahlil qilindi va fakt-çeking platformalari haqida ma’lumot berilib, amalda qöllab örgatildi.

Kunning keyingi qismida esa
Gulnora Nişonova tomonidan “Davlat taşkilotlari faoliyatida brending nima uçun muhim?” hamda “Raqamli axborot siyosati va tezkor kommunikatsiya boşqaruvi” mavzulari yoritildi. Darslar davomida davlat taşkilotlari imijini şakllantiriş hamda auditoriya bilan samarali muloqot qiliş böyiça amaliy misollar körib çiqildi.

Hamda, Kamola Yusupova tomonidan “Spiçrayterlik. Ritorika va neyromarketing” hamda “Zamonaviy kommunikatsion kampaniyalarni boşqariş: PR amaliyoti” mavzularida darslar ötkazildi. Maşğulotlarda auditoriya e’tiborini jalb etiş, ta’sirçan nutq yaratiş, kommunikatsion kampaniyalarni rejalaştiriş va PR vositalaridan samarali foydalaniş masalalari real vaziyatlar va amaliy misollar asosida tahlil qilib tuşuntirildi.

Öquv kursi davomida maşğulotlar faqat nazariy ma’lumotlar bilan çeklanib qolmay, real misollar, interaktiv yondaşuv va amaliy vaziyatlar asosida taşkil etildi. Bu esa iştirokçilarga öz faoliyatida qöllaşi mumkin bölgan zamonaviy kommunikatsiya va PR könikmalarini mustahkamlaş imkonini berdi.

Kursni muvaffaqivatli tamomlagan barça matbuot kotiblari Universitet rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöja tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi.
———————————————

Manba: Telegram