1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖZJOKUDA ekologik tanlovlarga start berildi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş hamda…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş hamda yoşlarning ekologik faolligini oşiriş maqsadida ekologik tanlovning universitet bosqiçiga start berildi.

Tanlov quyidagi 4 ta nominatsiya böyiça taşkil etiladi:

«Ekologiya bilimdoni»
«Ekologik madaniyat tarğibotçisi»
«Eng faol ekovolontyor»
«Yilning eng yaxşi ekologiya himoyaçisi»

Tanlov nominatsiyalari böyiça ekologik mavzudagi videoroliklar qabul qilinadi.

Iştirokçilar öz videoroliklari orqali ekologik madaniyatni tarğib qiliş, tabiatni asraş, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni şakllantiriş hamda ekologik muammolar yeçimiga qaratilgan ğoyalarni yoritişlari mumkin.

Tanlovning universitet bosqiçida iştirokçilar belgilangan mezonlar asosida baholanadi. Ğoliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Videoroliklarni qabul qiliş muddati: 2026-yil 30-oktabr.

📩 Murojaat uçun: @foydalanuvchiMQ

Tabiatni asraş — kelajakni asraşdir!

ÖzJOKU talabalari, ekologik taşabbuslaringiz va ijodiy videoroliklaringiz bilan tanlovda faol iştirok eting!
———————————————

Manba: Telegram