1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Özjokuda “Dahua Vision” MÇJ vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Dahua Vision” kompaniya vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv davomida zamonaviy texnologiyalar, ta’lim va talabalarni amaliy kasbiy…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Dahua Vision” kompaniya vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv davomida zamonaviy texnologiyalar, ta’lim va talabalarni amaliy kasbiy tayyorlaş yönalişlarida hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, sun’iy intellekt, intellektual videokuzatuv tizimlari va zamonaviy xavfsizlik texnologiyalari sohasidagi yeçimlarga alohida e’tibor qaratildi.

‼️Uçraşuvning muhim yönalişlaridan biri talabalar uçun amaliyot imkoniyatlarini yaratiş böldi. Uçraşuv yakunlari böyiça “Dahua Vision” MÇJ boş direktori Luo Teng universitet talabalarini kompaniyada amaliyot ötaşga taklif qildi. Mazkur imkoniyat yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaş, talabalar uçun zamonaviy texnologiyalarni amaliy jarayonda örganiş va xalqaro kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanişiş imkonini beradi.

Şuningdek, uçraşuv davomida universitet talabalari uçun press-tur taşkil etiş masalasi ham muhokama qilindi. Kompaniya vakillari talabalarni kompaniyaga taşrif buyurib, uning faoliyati, zamonaviy texnologik yeçimlari hamda işlab çiqariş jarayonlari bilan yaqindan tanişişga taklif qildilar. Mazkur taşrif talabalar uçun innovatsion texnologiyalarning amaliy qöllanilişini bevosita kuzatiş imkonini beradi.

Ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş doirasida “Dahua Vision” MÇJ tomonidan universitetga ikkita zamonaviy interaktiv smart doska sovğa qilindi!

Bundan taşqari, tomonlar örtasida rasmiy hamkorlik şartnomasini tuziş hamda qöşma ta’lim loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Manba: Telegram