
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bitiruvçi bosqiç talabalarning bitiruv malakaviy işlari (BMI) himoyalari davom etmoqda. Jumladan, Jurnalistika fakulteti “Media nazariyasi va…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bitiruvçi bosqiç talabalarning bitiruv malakaviy işlari (BMI) himoyalari davom etmoqda.
Jumladan, Jurnalistika fakulteti “Media nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tomonidan “Yoşlar ovozi” gazetasi tahririyatida taşkil etilgan BMI himoyasida bitiruvçi talabalar öz ilmiy-amaliy tadqiqotlarini taqdim etib, yakuniy himoya jarayonlarida iştirok etişdi.
Himoyalar davomida talabalar media va kommunikatsiya sohasidagi dolzarb mavzular böyiça olib borgan ilmiy izlanişlari, amaliy loyihalari hamda kasbiy könikmalarini namoyiş etdilar. Jarayonda professor-öqituvçilar, tahririyat mutaxassislari va soha vakillari iştirok etib, talabalarning işlari yuzasidan öz tavsiya va xulosalarini bildirişdi.
Mazkur himoyalar nazariya va amaliyot uyğunligini ta’minlaş, bölajak jurnalistlarning kasbiy salohiyatini yanada oşiriş hamda ularni mehnat bozoriga puxta tayyorlaşga xizmat qilmoqda.
Manba: Telegram


