
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida bu yilgi bitiruvçi talabalarning bitiruv malakaviy işi himoyalariga start berildi…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida bu yilgi bitiruvçi talabalarning bitiruv malakaviy işi himoyalariga start berildi.
Attestatsiya doirasida xalqaro munosabatlar, siyosatşunoslik, amaliy psixologiya va sotsiologiya yönalişlarida tahsil olgan bitiruvçilar öz bitiruv malakaviy işlarini himoya qilmoqda.
Tadbir avvalida Universitet rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöja bitiruvçilar bilan uçraşib, ularni muhim sinov bosqiçi bilan tabrikladi hamda kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.
Davlat attestatsiya komissiyasi tarkibida mamlakatimiz ilm-fan va ta’lim sohasi vakillari – professorlar Muqimjon Qirğizboyev, Abduğani Xolbekov, Baxtiyor Omonov hamda boşqa tajribali mutaxassislar faoliyat olib bormoqda.
Himoya jarayonlarida qator dolzarb va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega mavzulardagi tadqiqotlar komissiya a’zolarining e’tiborini tortdi. Jumladan, “Özbekiston Respublikasining Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi madaniy-gumanitar hamkorligi masalalari”, “Kaspiy va Markaziy Osiyo mintaqasida energetik resurslar uçun raqobat hamda uning mintaqaviy xavfsizlikka ta’siri”, “Migratsiya jarayonlarining oilaviy munosabatlarga ta’siri: içki va taşqi migratsiya misolida” mavzularidagi ilmiy işlar yuqori baholandi.
Davlat attestatsiyasi jarayonlari bitiruvçilarning nazariy bilimlari va amaliy könikmalarini baholaş, şuningdek, ularning mustaqil tadqiqotçilik salohiyatini namoyon etişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Manba: Telegram


