1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda Behbudiy tavalludining 151 yilligiga bağişlangan konferensiya bölib ötdi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Buyuk ma’rifatparvar, yozuvçi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidçilik harakatining yetakçilaridan biri Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 151 yilligi munosabati bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy…

Buyuk ma’rifatparvar, yozuvçi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidçilik harakatining yetakçilaridan biri Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 151 yilligi munosabati bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida har yili ötkaziladigan an’anaviy anjuman — “Jadid publitsistikasi va zamonaviy media tadqiqotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.

🎤 Uşbu xalqaro anjuman Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taşabbusi bilan Özbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda “Jadid” gazetasi hamkorligida taşkil etildi.

⏺Konferensiya doirasida Mahmudxöja Behbudiy va jadidlar publitsistik merosi, jadid matbuotining milliy jurnalistikadagi örni hamda zamonaviy jurnalistika taraqqiyotining dolzarb masalalari yuzasidan mahalliy va xorijiy olimlarning ma’ruzalari tinglandi.

Har yili ötkazib kelinadigan uşbu konferensiya jurnalistika va media sohasi vakillariga özaro ilmiy fikr almaşiş, yangi tadqiqotlarni muhokama qiliş va jurnalistika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaşlariga xizmat qiladi.

Manba: Telegram