1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda 9-öquv yili boşlandi!

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi va qarori bilan 2018-yilda taşkil etilgan Universitetimiz bugun 8 yoşni töldirib, 9 yoşga qarab ketdi. Köp yöllarni, yillarni bosib ötdik! Dastabki yillar…

Hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi va qarori bilan 2018-yilda taşkil etilgan Universitetimiz bugun 8 yoşni töldirib, 9 yoşga qarab ketdi. Köp yöllarni, yillarni bosib ötdik! Dastabki yillar Universitet uçun oson bölmadi, 100 nafar talaba bilan oçilgan ÖzJOKU bugun salkam 7 ming talabali katta Universitet.

Töliq 8 yil butun Universitet uçun ösiş, rivojlaniş, katta tajriba davri böldi! Ötgan yillarni soz va mos bosib ötdik, deb öylayman. Lekin hali oldinda bizni yanada maşaqqatliroq yöl kutmoqda. Katta yöl kutmoqda!

Bugungi tantanamizda Özbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining şonli 35 yilligi va yangi öquv yili munosabati bilan naqd 50 metrlik Davlat Bayroğimizni maxsus tiktirib, boşimiz uzra baland yoydik. Bizning bu Aziz Bayroğimiz hamişa millatimiz uzra baland hilpirasin! Mağrur hilpirasin! Mustaqilligimizning 35 yilligi va yangi öquv yili qutlug‘ bölsin!

Ilk öquv kunida ÖzJOKUga taşrif buyurgan barça döstlarimizga, hamkorlarimizga, aziz mehmonlarimizga minnatdorlik bildiramiz!

Birinçi bosqiç talabalariga esa kuç-quvvat, yanada köproq ilhom va muvaffaqiyatlar tilayman!

Bugungi rasmlarda özingizni qidirib toping!

Manba: Telegram