1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda 9-öquv yili boşlandi!

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2026/2027-öquv yili tantanali tarzda boşlandi. Yangi öquv yilida universitet safiga 1475 nafar intiluvçan va iqtidorli yoşlar qabul qilindi…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2026/2027-öquv yili tantanali tarzda boşlandi.
Yangi öquv yilida universitet safiga 1475 nafar intiluvçan va iqtidorli yoşlar qabul qilindi.

Yangi talabalar 21 ta ta’lim yönalişida, jumladan:
•Özbek tili va adabiyoti
•Xorijiy til va adabiyoti
•Dizayn
•Ijtimoiy iş
•Siyosatşunoslik
•Xalqaro munosabatlar
•Psixologiya
•Sotsiologiya
•Axborot xizmati va jamoatçilik bilan aloqalar
•Menejment
•Marketing
•Filologiya va tillarni öqitiş
•Jurnalistika kabi yönalişlarda tahsil oladilar.

Yangi öquv yilining ilk kuni “ÖzJOKU — insonlar va bilimlar uçraşadigan maskan” mavzusidagi tantanali tadbir bilan boşlandi.

Tadbir avvalida Özbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi. Şundan söng, universitet rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöja 1-bosqiçga qabul qilingan talabalarga samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yöllab, tadbirni oçib berdi.

Söng dasturni Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’yektlarni qöriqlaş qöşinlari qömondonligi harbiy xizmatçilari tomonidan “Jadidlar izdoşlari” nomli sahna körinişi boşlab berdi. Şuningdek, Qömondonlik harbiy orkestr jamoasining çiqişlari tadbirga özgaça ruh va kötarinki kayfiyat bağişladi.

Tadbirning eng hayajonli lahzalaridan biri universitetga ilk qadamini qöyayotgan talabalar orasidan ikki nafar yigit-qizga an’anaviy tarzda Universitet ramziy kaliti topşirildi. Marosim yakunida barça talabalar iştirokida an’anaviy esdalik suratlari tuşirildi.

Yangi öquv yilining birinçi kunida bayramni taşkil etiş va ötkazişga yaqindan kömaklaşgan barça hamkor taşkilotlarga minnatdorlik bildiramiz. Bundan taşqari, tantanaga taşrif buyurgan qadrli mehmonlarimiz, ÖzJOKU faxriy professorlari, dotsentlari, sohaning yetakçi ustoz-murabbiylariga çeksiz taşakkurlar aytamiz!

Yoş qaldirğoçlarimizga talabalik yölida ulkan zafarlar, yorqin ğoyalar va omad tilaymiz!

ÖzJOKU — insonlar va bilimlar uçraşadigan maskan!

Manba: Telegram