1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKU xodimi Xalqaro ilmiy stajirovkani muvaffaqiyatli yakunladi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Ilmiy bölimi xodimi hamda doktoranti Zamaleyeva Elianora Ilsurovna Rossiya Federatsiyasida “Yozgi institut – 2026” dasturi doirasida taşkil etilgan…

Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Ilmiy bölimi xodimi hamda doktoranti Zamaleyeva Elianora Ilsurovna Rossiya Federatsiyasida “Yozgi institut – 2026” dasturi doirasida taşkil etilgan xalqaro ilmiy-ta’lim stajirovkasini muvaffaqiyatli tamomladi.

Stajirovka davomida 14 ta davlat – Xitoy, Misr, Hindiston, Turkiya, Qirğiz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Pridnestrovye Moldaviya Respublikasi, Belarus Respublikasi, Vyetnam, Indoneziya, Bangladeş Xalq Respublikasi va Efiopiya Federal Demokratik Respublikasidan taşrif buyurgan iştirokçilar Moskva, Nijniy Novgorod, Tatariston Respublikasi (Qozon şahri), Mordoviya Respublikasi (Saransk şahri) hamda Bolşoye Boldino tarixiy-madaniy majmuasida bölib, ma’ruzalar, mahorat darslari, ilmiy seminarlar, ekspertlar iştirokidagi munozaralar va madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnaşdilar.

Mazkur dastur ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantiriş, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytiriş hamda oliy ta’lim, ilm-fan va media kommunikatsiyalar sohasida ilğor tajribalarni örganiş va almaşişga qaratilgan.

Stajirovka dasturini töliq va muvaffaqiyatli tamomlagani uçun Zamaleyeva Elianora Ilsurovna xalqaro namunadagi sertifikatlar hamda malaka oşiriş töğrisidagi guvohnoma bilan taqdirlandi.
Stajirovka davomida orttirilgan bilim va tajriba ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş, xorijiy hamkasblar bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlaş hamda zamonaviy ta’lim va ilmiy yondaşuvlarni universitet faoliyatiga tatbiq etişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: Telegram