1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKU vakillari AMICning 31-yillik xalqaro anjumanida

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

2025-yil 9–11 oktyabr kunlari Hindistonning Mumbay şahrida bölib ötgan Asian Media Information and Communication Centre (AMIC) taşkilotining 31-yillik xalqaro anjumani doirasida Özbekiston ilk bor rasman iştirok…

2025-yil 9–11 oktyabr kunlari Hindistonning Mumbay şahrida bölib ötgan Asian Media Information and Communication Centre (AMIC) taşkilotining 31-yillik xalqaro anjumani doirasida Özbekiston ilk bor rasman iştirok etdi. Anjumanning asosiy mavzusi — «Media, jamoatçilik bilan aloqalar va reklama sohalarida raqamli transformatsiyani boşqariş» böldi.

Konferensiyada Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetidan 10 nafar olim va tadqiqotçi iştirok etib, media va kommunikatsiya sohasidagi dolzarb masalalar — sun’iy intellekt va media, raqamli savodxonlik, etika, PR va reklamada raqamli innovatsiyalar, hamda ilmiy tadqiqot usullarini yangilaş kabi mavzularda ma’ruzalar taqdim etdilar.

Universitet prorektori f.f.d. Nozima Muratova AMIC anjumanidagi 3-plenar sessiyada — “Bugungi raqamli ekotizimda kommunikatsiya kompetensiyalarini qayta baholaş: ta’lim dasturlarini yangilaş” mavzusida ma’ruza qilib, Özbekiston tajribasini taqdim etdi. Sessiyada Qozoğiston, Fransiya va Filippindan kelgan nufuzli ekspertlar iştirok etdilar.

Bu Özbekiston media ta’limi va kommunikatsiya tadqiqotlarining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlaş yölida muhim qadam böldi. Anjumanda raqamli transformatsiya jarayonlaridagi asosiy muammolar va imkoniyatlar — AI etikasi, ijodiy industriyalar konvergensiyasi, inklyuziv kommunikatsiya, hamda media ta’limida yangi kompetensiyalar kabi mavzular atrofliça muhokama etildi.

AMIC — 1971 yilda taşkil etilgan, Markaziy ofis Manila (Filippin) şahrida joylaşgan xalqaro nodavlat taşkilot bölib, Osiyo mintaqasida media va kommunikatsiya sohasida ilmiy tadqiqotlar, ta’lim va kasbiy rivojlanişni qöllab-quvvatlab kelmoqda.

———————————————

😃 ÖzJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu