
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida rektor, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja va Xitoyning yirik oltin qazib oliş va qayta işlaş kompaniyalaridan biri —"Zhaojin Group" Direktorlar…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida rektor, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja va Xitoyning yirik oltin qazib oliş va qayta işlaş kompaniyalaridan biri —"Zhaojin Group" Direktorlar kengaşi raisi Guo Syaoyan boşçiligidagi delegatsiya örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot davomida tomonlar özaro manfaatli hamkorlik istiqbollari, qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş, şuningdek, akademik hamjamiyat va biznes vakillari örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaş masalalarini muhokama qildilar.
Uçraşuvda ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan istiqbolli yönalişlar yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar kelgusida hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş va amaliy loyihalarni birgalikda amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişdilar.
Muzokaralar yakunida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda "Zhaojin Group" örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaş, özaro manfaatli loyihalarni hayotga tatbiq etiş va uzoq muddatli şeriklikni rivojlantiriş uçun muhim asos bölib xizmat qiladi.
Manba: Telegram


