
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbirning asosiy maqsadi Islom sivilizatsiyasi tarixi…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbirning asosiy maqsadi Islom sivilizatsiyasi tarixi, madaniyati va ilmiy merosini zamonaviy media vositalari orqali keng yoritiş, iqtidorli talabalarni markazning ilmiy-ma’rifiy faoliyatiga jalb etiş hamda gid-jurnalistika yönalişida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaşdan iborat.
Tadbirni Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxalikov hamda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzodxon Qudratxöja öz nutqlari bilan oçib berdi. Söngra «YUNESKO va ixtisoslaşgan media» kafedrasi professori, akademik Tursunali Qöziyev ta’lim, ilmiy-amaliy faoliyat, axborot-tahliliy işlar, madaniy-ma’rifiy loyihalar va kadrlar tayyorlaş mavzusi söz yuritdi.
Tadbir söngida Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Manba: Telegram


