1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKU va Eurac Research xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rahbariyati hamda Italiyaning Eurac Research ilmiy-tadqiqot markazi vakillari örtasida rasmiy uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda ÖzJOKU rektori…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rahbariyati hamda Italiyaning Eurac Research ilmiy-tadqiqot markazi vakillari örtasida rasmiy uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda ÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöja, Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat işlari böyiça birinçi prorektor Sanjarbek Raşidov, Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor Nozima Muratova, Xalqaro hamkorlik bölimi boşliği Dilmurod Muminov iştirok etdi.
Eurac Research tomonidan uçraşuvda taşkilot direktori Stephan Ortner, Ozçiliklar huquqlari instituti rahbari doktor Günther Rautz, Interregional Cooperation and Innovation Hub koordinatori hamda Ozçiliklar huquqlari instituti tadqiqotçisi Anatoliy Aleksandrov qatnaşdi.

Muloqot davomida tomonlar akademik va ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş, ilmiy tajriba va bilim almaşiş, seminar, trening va boşqa ilmiy tadbirlarni taşkil etiş masalalarini muhokama qildilar. Şuningdek, talabalar hamda professor-öqituvçilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirişga qaratilgan hamkorlik yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuv yakunida ÖzJOKU va Eurac Research örtasida Özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida ilmiy tadqiqotlar olib boriş, akademik almaşinuvni rivojlantiriş, bilim va tajriba almaşiş, qöşma tadbirlar va tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş, şuningdek, treninglar taşkil etiş közda tutilgan.

Mazkur hamkorlik ÖzJOKUning Yevropadagi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarini yanada kengaytiriş, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida yangi qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş hamda universitetning xalqaro akademik hamkorlik imkoniyatlarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Manba: Telegram