1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKU talabasi AZTV telekanalida xalqaro amaliyot ötadi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

ÖzJOKU talabasi AZTV telekanalida xalqaro amaliyot ötadi Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro jurnalistika yönalişi 4-bosqiç talabasi Dildora Abdullayeva Ozarbayjon…

ÖzJOKU talabasi AZTV telekanalida xalqaro amaliyot ötadi

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro jurnalistika yönalişi 4-bosqiç talabasi Dildora Abdullayeva Ozarbayjon Respublikasining eng yirik va nufuzli teleradiokompaniyalaridan biri — AZTV (Azarbaycan Televiziyası) telekanalida 5 kunlik amaliyot ötadi.

AZTV Ozarbayjonning davlat teleradiokompaniyasi bölib, mamlakatning axborot, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va köngiloçar dasturlarini keng auditoriyaga yetkazib beruvçi yetakçi media taşkilotlaridan biri hisoblanadi.

Amaliyot davomida talaba haftasiga 5 kun jonli efirga uzatiladigan “Tele Sahar” dasturi faoliyati bilan yaqindan tanişib, boş muharrir Nejiba Alixonova şuningdek, muharrir va rejissyor Vusal Arifsoy bilan birgalikda Özbekiston va Ozarbayjon telejurnalistikasi tajribalari yuzasidan fikr almaşdi.

Dildora Abdullayeva AZTVning ijtimoiy-siyosiy yönalişdagi axborot dasturlari faoliyati bilan tanişib, telekanal ijodiy jamoasi bilan professional tajriba almaşiş imkoniyatiga ega böldi.
Mazkur amaliyotni taşkil etişda Ozarbayjon Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Husayin Guliyev hamda Özbekistondagi Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli kömagi uçun alohida minnatdorlik bildiriladi.
Şuningdek, Ozarbayjon Teleradiokompaniyasi direktori Ravşan Mammadov va direktor örinbosari Rafiq Hoşimovga amaliyot jarayonini samarali taşkil etiş hamda yaratilgan şaroitlar uçun samimiy minnatdorlik izhor etiladi!

Manba: Telegram