
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinçi örinbosari, iqtisodçi ekspert Abdulla…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinçi örinbosari, iqtisodçi ekspert Abdulla Abduqodirov taşrif buyurib, talabalar bilan uçraşdi.
Davra suhbati davomida mutaxassis mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning mohiyati va maqsadlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Şuningdek, raqobatbardoş iqtisodiyotni şakllantiriş, investitsion muhitni yaxşilaş hamda aholi farovonligini oşiriş borasidagi yangi islohotlar tizimi yuzasidan ham söz yuritdi.
🔺Uçraşuv davomida jurnalistika yönalişida tahsil olayotgan talabalar Abdulla Abdukadirov bilan oçiq muloqot olib borib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🔻Tadbir doirasida mehmonning “Taraqqiyot yölagi va qadriyatlar” nomli kitobi taqdimoti ham ötkazildi. Mazkur asar mustaqillikning dastlabki yillaridan hozirgi kungaça mamlakatimizda amalga oşirilgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning tahliliga bağişlangan.
🔸Bu uçraşuv bölajak jurnalistlar uçun nafaqat nazariy bilimlarni amaliyot bilan boğlaş, balki iqtisodiy jarayonlarga çuqurroq nazar taşlaş va kasbiy pozitsiyasini şakllantiriş yölida muhim tajriba böldi.


