1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKU talabalari “Sud jurnalistikasi” öquv kursini muvaffaqiyatli tamomladilar

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari Özbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida “Sud jurnalistikasi” öquv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlar bilan…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari Özbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida “Sud jurnalistikasi” öquv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Endi uşbu talabalar sud jurnalisti sifatida sud jarayonlarida iştirok etiş va uni yoritiş imkoniyatiga ega böldilar.

Tadbirda Sudyalar oliy kengaşi, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi vakillari, professor-öqituvçilar hamda kurs tinglovçilari iştirok etdi.

Talabalar mazkur öquv kursida ikki oy davomida sud-huquq tizimi faoliyati, sud jarayonlarini yoritişning huquqiy va etik standartlari, sud qarorlarini şarhlaş madaniyati hamda sud jurnalistikasining zamonaviy yönalişlari böyiça nazariy va amaliy bilimlarga ega böldilar.

Şuningdek, bugungi kunda aholining sud-huquq masalalariga oid axborotlarga qiziqişi ortib borayotgani, şu bois bölajak jurnalistlarning huquqiy savodxonligini oşiriş va sud jarayonlarini professional hamda xolis yoritiş könikmalarini şakllantiriş dolzarb ahamiyat kasb etişi ta’kidlandi.

Manba: Telegram