1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKU talabalari Özbekiston volontyorlar assotsiatsiyasida

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari Yoşlar kuni munosabati bilan Özbekiston volontyorlar assotsiatsiyasida bölişdi. Mazkur sayohatdan asosiy maqsad talabalarni volontyorlik…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari Yoşlar kuni munosabati bilan Özbekiston volontyorlar assotsiatsiyasida bölişdi.

Mazkur sayohatdan asosiy maqsad talabalarni volontyorlik faoliyatining mazmun-mohiyati bilan yaqindan taniştiriş, ularda ijtimoiy faollik va fuqarolik mas’uliyati tuyğularini şakllantirişdan iborat böldi.
Tanişuv davomida volontyorlar assotsiatsiyasi vakili tomonidan talabalarga volontyorlik tuşunçasi, uning jamiyat hayotidagi örni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Talabalar ofis faoliyati bilan yaqindan tanişib, volontyorlik harakatining turli yönalişlari, ayniqsa yoşlar örtasida olib borilayotgan ijtimoiy taşabbuslar haqida muhim tuşunçalarga ega böldilar. Bu esa ularda jamiyat hayotida faol iştirok etiş, boşqalarga yordam beriş va ezgu işlarga hissa qöşişga bölgan qiziqişni yanada oşirdi.


Tanişuv yakunida volontyorlar tomonidan mehmonlarga esdalik sovğalari hamda iliq tilaklar bildirildi. Har bir talaba samimiy tilaklarini yozib qoldirib, uşbu taşrifdan olgan ijobiy taassurotlarini ifoda etdi.

#yoşlarkuni

Videoni Telegram’da köriş

Manba: Telegram