
“Yoşlar kuni” munosabati bilan Oliy Majlis Senatida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari bilan uçraşuv taşkil etildi. Uçraşuv davomida talabalarga Senatning asosiy…
“Yoşlar kuni” munosabati bilan Oliy Majlis Senatida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari bilan uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuv davomida talabalarga Senatning asosiy vazifalari, yuqori palata faoliyatining ustuvor yönalişlari, senatorlarning qonun ijodkorligi va hududlar bilan işlaş jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, Yoşlar parlamentining faoliyati, uning yoşlar manfaatlarini ifoda etişdagi örni hamda turli taşabbuslarni ilgari surişdagi imkoniyatlari haqida tuşunçalar berildi.
Tadbir doirasida Senat Axborot xizmati faoliyati ham alohida taqdim etildi. Talabalar parlament hayotini ommaviy axborot vositalarida yoritiş mexanizmlari, axborot tayyorlaş jarayoni, jamoatçilik bilan aloqalarni yölga qöyiş böyiça amaliy ma’lumotlarga ega böldilar.
Uçraşuv yakunida talabalar özlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, parlament jurnalistikasi yönalişida tajriba va tavsiyalar bilan örtoqlaşildi.


