
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uçun Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi. ⭐️ Tadbir…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uçun
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
⭐️ Tadbir davomida talabalar Akademiya hududi böylab sayohat qilib, uning boy tarixi, zamonaviy infratuzilmasi hamda kursantlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar. Talabalar Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi nomlari bilan boğliq xonalar, Axborot-resurs markazi, Akademiya muzeyi hamda Çölpon burçagini katta qiziqiş bilan tomoşa qildilar.
Şuningdek, talabalar öquv jarayonlari va maşğulotlar zallari bilan tanişib, kursantlarning kundalik hayoti hamda mas’uliyatli faoliyatini bevosita kuzatdilar. Qurol-aslahalar bilan tanişiş va ayrim amaliy maşğulotlarda iştirok etiş ularga içki işlar tizimidagi fidoyilik va jasorat mohiyatini yanada çuqurroq his etiş imkonini berdi.
💬 Tadbir doirasida quyidagi mavzularda davra suhbati taşkil etildi:
🔹 “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari – tinçlik va osoyiştalik posboni”
🔹 “Temur tuzuklarining yoşlar hayotidagi ahamiyati”
Mazkur tadbir ikki ta’lim maskani örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, talaba-yoşlarning dunyoqaraşi hamda kasbiy mas’uliyatini oşirişga xizmat qildi.
Manba: Telegram


