
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari ijodi va fikrlari “Özbekistonda oliy ta’lim” ilmiy, öquv-uslubiy va tahliliy jurnalining 2026-yil 1-sonidan joy oldi. Jurnalning “Yoşlar…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari ijodi va fikrlari “Özbekistonda oliy ta’lim” ilmiy, öquv-uslubiy va tahliliy jurnalining 2026-yil 1-sonidan joy oldi.
Jurnalning “Yoşlar minbari” ruknida bugungi ta’lim jarayonining dolzarb mavzularidan biri — sun’iy intellektning talabalar hayotidagi örni haqida turli oliy ta’lim muassasalari talabalari fikrlari jamlangan.
“Sun’iy intellekt talaba uçun döst yoki duşman?!” nomli materialni tayyorlaşda hamda töplaşda ÖzJOKU talabalari E’zozabonu Abdumutalibova va Maşhura Nurulloyeva muallif sifatida iştirok etgan.
Materialda ÖzJOKU talabasi Dilnura Törayeva ham öz fikrlari bilan qatnaşib, sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida foydalaniş tajribasi, uning imkoniyatlari va ehtimoliy xavflari, şuningdek, sönggi yillardagi axborot texnologiyalarining keskin rivojlanişi haqida fikr bildirgan.
Maqolada talabalar sun’iy intellektni bir tomondan bilim olişni yengillaştiruvçi, ma’lumot izlaş va murakkab mavzularni tuşunişda yordam beruvçi vosita sifatida baholasa, ikkinçi tomondan undan ortiqça foydalaniş mustaqil fikrlaş, izlaniş va kreativ yondaşuvga ta’sir qilişi mumkinligi haqida mulohaza yuritadilar.
ÖzJOKU talabalarining zamonaviy ta’lim jarayonlariga oid qaraşlari va tahliliy mulohazalari ilmiy naşr sahifalarida öz ifodasini topmoqda.
Manba: Telegram


