1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKU talabalari Buyuk Britaniya kengaşi sammitida!

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

2026 yil 5–7 mart kunlari Toşkent şahrida Buyuk Britaniya Kengaşi (British Council) tomonidan “Accelerating English Language Learning in Central Asia” loyihasi doirasida ingliz tili va inklyuziv hamkorlik sammiti…

2026 yil 5–7 mart kunlari Toşkent şahrida Buyuk Britaniya Kengaşi (British Council) tomonidan “Accelerating English Language Learning in Central Asia” loyihasi doirasida ingliz tili va inklyuziv hamkorlik sammiti ötkazildi.

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili mutaxassisligi magistratura 1-bosqiç talabalari xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Nilufar Yuldaşova boşçiligida sammitda faol iştirok etdilar.

Uşbu dasturning maqsadi mintaqada ingliz tili öqituvçilarini tayyorlaş, ta’lim tizimini rivojlantiriş va inklyuziv ta’limni joriy etiş bölib, u milliy hukumatlar va hamkor taşkilotlar bilan yaqindan işlaşni nazarda tutadi.

Talabalar sammit davomida ingliz tilini öqitişning zamonaviy metodlari, inklyuziv ta’lim, gender tengligi, öquv dasturlarini loyihalaş, şuningdek, maktabgaça va boşlanğiç ta’limdagi dolzarb masalalar böyiça ma’ruza va muhokamalarda faol qatnaşdilar.


Sammit yakunida talabalar faol iştiroklari uçun esdalik sovğalari va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

1 / 5

Manba: Telegram