1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKU rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöjaning Yangi Özbekiston gazetasi 27-avgust…

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

ÖzJOKU rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöjaning Yangi Özbekiston gazetasi 27-avgust sonida “35 YOŞLI ISTIQLOL: YANGI ÖZBEKISTON QISSASI” nomli maqolasi çop etildi. – Mustaqillik bayrami…

ÖzJOKU rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöjaning Yangi Özbekiston gazetasi 27-avgust sonida “35 YOŞLI ISTIQLOL: YANGI ÖZBEKISTON QISSASI” nomli maqolasi çop etildi.

– Mustaqillik bayrami arafasida bosib ötilgan yöl, özgargan hayot va oldinda turgan vazifalar haqida mulohaza

Maqola quyidagi muhim qismlarni öz içiga oladi:
~ Keça va bugun
~ Evrilişlar qanday boşlandi?
~ Dunyoga oçilayotgan Özbekiston
~ Şavkat Mirziyoyev fenomeni
~ Zamonaviy ta’lim tizimi — Buyuk ipak yölining yangi karvoni
~ Qadriyatlar va vatanparvarlik saboği
~ Öttiz beş yillik yölning davomi

Maqoladan parçalar:
— Barçamizni bir xil savollar öylantirardi: Endi nima böladi?
— 2016-yil Yangi Özbekistonning boşlaniş davri böldi. Şu yili 4-dekabr kuni Prezidentlik saylovi bölib ötdi. Unda 88,61 foiz ovoz bilan Şavkat Mirziyoyev öta işonçli ğalabani qölga kiritdi. Şu kundan davlatimiz yangi tarixida mutlaqo yangi davr boşlandi.
— Bugungi dunyo bamisoli bepoyon okean. Özbekiston esa şu okeanga dadil kirib keldi!
— “Paqir kişi panada”. PANADAGI BIZNES, PANADAGI IQTISODIYOT, PANADAGI ODAMLAR — öşa davrning oğriqli manzarasi edi.
— Har bir kiçik dökon, dorixona yoki yirik biznesning soliq idorasida öz “крыша”si bölişi şart edi.
— Davlatimiz Rahbari faoliyatining ilk kunlaridanoq ilgari surgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” tamoyili nafaqat amaldorlarning xalq huzuriga tuşişida, balki, eng avvalo, insonlarning tafakkurida aks etdi. Tasavvur qiling: endi çinovnik-töralar huzuriga ikki bukilib kirmaydi tadbirkor.
— OVIR degan taşkilot insonni bamisoli “krepostnoy”lik davriga qaytardi. Bu taşkilot xorijga çiqiş-kiriş darvozasining yasovulidek, qölidagi ruxsat kaliti bilan kimga yöl oçiş, kimning yölini tösişni özi hal qilardi.
— Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev bir-biridan arazlagan aka-ukalardek tarqoq bölib borayotgan Markaziy Osiyo davlatlarini yana bir stol atrofida birlaştirdi.
— Donald Trampdan Si Szinpingaça, Vladimir Putindan Rejep Tayip Erdoğangaça bölgan davlat rahbarlari Prezidentimizni hurmat bilan qabul qilmoqda.
— Oliy ta’limdagi eng quvonarli islohotlardan biri öqişga kirişdagi «1-avgust xavotiri»ga barham berilganidir.
— Şarl Lui Monteskye: «ERKINLIK QONUN IJOZAT BERGAN IŞLARNI BAJARIŞ HUQUQIDIR»
— Kim öz mamlakatiga, öz xalqiga bunday işonç va erkinlik bera oladi? Menimça, ÖZIGA, TANLAGAN YÖLIGA VA XALQINING SALOHIYATIGA IŞONADIGAN KUÇLI SIYOSIY LIDER BERA OLADI.
— «Yangi Özbekistonning eng katta natijasi bu özgargan inson, öz kuçiga işongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir!» - Prezident Şavkat Mirziyoyev...

Videoni Telegram’da köriş

Manba: Telegram