
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti Sadriddin Raximov Xitoyning Lanchjou şahrida bölib ötgan “Ikkinçi Xitoy–Markaziy Osiyo davlat boşqaruvi va…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti Sadriddin Raximov Xitoyning Lanchjou şahrida bölib ötgan “Ikkinçi Xitoy–Markaziy Osiyo davlat boşqaruvi va barqaror rivojlaniş forumi”da iştirok etdi.
Forum Lanchjou universiteti tomonidan taşkil etilib, unda Xitoy, Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistondan olimlar hamda ekspertlar qatnaşdi.
Sadriddin Raximov “Özbekiston Respublikasida davlat boşqaruvi tizimini xalqaro tajribadan foydalaniş kontekstida rivojlantiriş” mavzusida ma’ruza qildi.
Unda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan davlat boşqaruvi islohotlari, mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy mustaqilligini kuçaytiriş, raqamli transformatsiya va elektron hukumat tizimini rivojlantiriş masalalari yoritildi.
Mazkur xalqaro forumdagi iştirok Özbekiston va Xitoy ilmiy muassasalari örtasidagi akademik hamkorlikni yanada mustahkamlaşga, şuningdek, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning xalqaro miqyosda keng tarğib etilişiga xizmat qildi.
Manba: Telegram


