
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti öqituvçisi, “Ekolog” jamoat birlaşmasi direktori Nargis Qosimova “Taşabbuskor ekologiya faoli” nominatsiyasi böyiça “Fuqarolik taşabbusi” milliy…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti öqituvçisi, “Ekolog” jamoat birlaşmasi direktori Nargis Qosimova “Taşabbuskor ekologiya faoli” nominatsiyasi böyiça “Fuqarolik taşabbusi” milliy mukofoti bilan taqdirlandi.
💬Ma’lumki, 2025-yil 1–5-dekabr kunlari Toşkent şahrida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” bölib ötdi. Haftalikning yakuniy kunida “Fuqarolik taşabbusi” milliy mukofoti hamda “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun” kökrak nişoni sovrindorlarini taqdirlaş marosimi taşkil etildi.
Ta’kidlaş joizki, “Fuqarolik taşabbusi” milliy mukofoti Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni asosida ta’sis etilgan.
Joriy yilda ilk marotaba ötkazilgan mazkur milliy mukofotga 350 dan ortiq nomzodlar hujjat topşirib, sönggi ikki yilda faollik va taşabbus körsatgan yurtdoşlarimiz quyidagi nominatsiyalar böyiça taqdirlandilar:
– fuqarolarning huquq va erkinliklari faoli;
– yoşlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş faoli;
– taşabbuskor ekologiya faoli;
– ijtimoiy himoya faoli;
– xotin-qizlar böyiça ijtimoiy faoli.
🎉Nargis Qosimovani ÖzJOKU jamoasi nomidan qölga kiritgan mukofoti bilan samimiy tabriklaymiz!


