
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengaşida partiya safini kengaytirişga qaratilgan navbatdagi qabul tadbiri bölib ötdi. Unda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati T.Matibayev…
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengaşida partiya safini kengaytirişga qaratilgan navbatdagi qabul tadbiri bölib ötdi. Unda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati T.Matibayev taşabbusi bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti magistratura bosqiçi talabalari partiya a’zoligiga qabul qilindi.
Tadbir davomida zamonaviy axborot makonida jurnalistlarning örni va mas’uliyati alohida ta’kidlandi. Qayd etilganidek, professional media vakillari nafaqat axborot yetkazuvçi, balki jamiyatda ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlaşda, davlat va xalq örtasida işonçli köprik vazifasini bajaradi. Şu nuqtai nazardan, yoş jurnalistlarning siyosiy jarayonlardagi faolligini oşiriş, ularni mamlakatimizda amalga oşirilayotgan demokratik islohotlarga keng jalb etiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Muloqot çoğida yoşlarning siyosiy madaniyatini yuksaltiriş, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlaş hamda ularning jamiyat hayotidagi faol iştirokini ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda yangi a’zolarga partiya biletlari topşirildi hamda ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilandi.
Magistrantlarimizga yangi faoliyatlarida omad tilaymiz!
Manba: Telegram


