1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKU jamoasi Qozoğiston ötkazilgan xalqaro konferensiyada iştirok etişdi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professor-öqituvçilari Qozoğistonda ötkazilgan 13-xalqaro qişki maktab doirasidagi “Mediaplyuralizm va Markaziy Osiyoda sun’iy intellekt ilmi”…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professor-öqituvçilari Qozoğistonda ötkazilgan 13-xalqaro qişki maktab doirasidagi “Mediaplyuralizm va Markaziy Osiyoda sun’iy intellekt ilmi” mavzusidagi konferensiyada iştirok etdi.

⚫️Mazkur qişki maktabda Markaziy Osiyo mintaqasida raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellektning media va kommunikatsiya sohasiga ta’siri, algoritmik boşqaruv, mediaplyuralizm tamoyillari hamda dezinformatsiyaga qarşi kuraş masalalarini muhokama qilindi.

📑Mintaqaviy va xalqaro ekspertlar iştirokida ilmiy ma’ruzalar, panel muhokamalar va amaliy sessiyalar taşkil etildi. Unda sun’iy intellekt vositalarining fakt-çeking jarayonlaridagi roli, algoritmik şaffoflik, media etikasi va raqamli xavfsizlik masalalari atrofliça tahlil qilindi.

ÖzJOKU vakillari öz ma’ruzalarida Markaziy Osiyo media makonida sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalaniş, mediaplyuralizmni ta’minlaş hamda jurnalistika ta’limiga algoritmik savodxonlikni integratsiya qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Manba: Telegram