1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markazida

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Tarixingdir ming asrlar içra pinhon, özbegim, Senga tengdoş Pomir-u Oqsoç Tiyonşon, özbegim. Söylasin Afrosiyob-u, söylasin Örxun xati, Köhna tarix şodasida bitta marjon, özbegim. Özbekiston jurnalistika va…

Tarixingdir ming asrlar içra pinhon, özbegim,

Senga tengdoş Pomir-u Oqsoç Tiyonşon, özbegim.

Söylasin Afrosiyob-u, söylasin Örxun xati,

Köhna tarix şodasida bitta marjon, özbegim.

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi rektor, dr., prof. Şerzodxon Qudratxöja boşçiligida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bölişdi.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbuslari bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazidagi har bir burçak, har bir xona va har bir tarixiy buyum-aşyolar Universitet xodimlari va professor-öqituvçilari juda katta taassurot qoldirdi.

"Birinçi Renessans", "Ikkinçi Renessans" va "Uçinçi Renessans" zallari har bir taşrif buyuruvçi ongi-şu’urida özgaça iz qoldiradi.

“Yoşlar va sport” bölimida sönggi yillarda özbek sportçilarining xalqaro musobaqalar va Olimpiya öyinlarida erişgan yutuqlari, ularga Davlat Rahbari tomonidan körsatilayotgan e’tibor va ğamxörlik aks etgan ekspozitsiyalar ham örin olgan.

Şuningdek, “Yangi Özbekiston – Yangi Renessans” ekspozitsiyasi bilan ham tanişildi. Markaz binosining ikkinçi qavatida joylaşgan “Yangi Özbekiston innovatsion kutubxonasi” zamonaviy infratuzilmaga ega bölib, bir vaqtning özida yuzlab kitobxonlarga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega.Kutubxonaning boy kitob jamğarmasi, elektron resurslari, qölyozmalarni saqlaş va restavratsiya qiliş uçun yaratilgan şaroitlar iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur taşrif Universitet jamoasi uçun milliy meros, ilm-fan va zamonaviy taraqqiyot uyğunligini yanada çuqur anglaşda muhim ahamiyat kasb etdi. Darhaqiqat, özbegim tarixi bitta oddiy marjon emas, balki Köhinur olmosi kabi köhna, betakror va beqiyos ekanligiga taşrif buyurgan har bir odam amin böldi.

Manba: Telegram