
Aziz talabalar, professor-öqituvçilar, xodimlar — Universitet jamoasi! Barçamiz uçun qadrli va jonajon Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bugun 8 yoşga töldi! 2018-yil 24-may kuni…
Aziz talabalar, professor-öqituvçilar, xodimlar — Universitet jamoasi!
Barçamiz uçun qadrli va jonajon Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bugun 8 yoşga töldi!
2018-yil 24-may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 3737-sonli qarori va taşabbusi ila taşkil etilgan ÖzJOKU özining sakkizinçi bahorini qarşi oldi.
🏢 Bugun universitetimiz — bu şunçaki ta’lim maskani emas. ÖzJOKU — insonlar va bilimlar uçraşadigan maskan. Bu – fikrlar erkinligi, öz sözini ayta oladigan, tahlil qiladigan, jamiyatda ijobiy özgarişlar qilişga qodir yoşlar maydoni.
Sakkiz yil davomida sakkiz mingdan ortiq faol, taşabbuskor talabalar ÖzJOKUni muvaffaqqiyatli tamomladi hamda ayni damda qariyb olti ming talabaga bakalavriat, magistratura va doktarantura bosqiçlarida professional ta’lim berib kelinmoqda.
Universitet ilk taşkil topgan yillarida talabalar faqatgina jurnalistika yönalişida tahsil olgan bölsalar, hozirda xalqaro munosabatlar, siyosatşunoslik, psixologiya, sotsiologiya, ijtimoiy iş va 9 ta xorijiy til filologiyasi kabi yönalişlar böyiça malakali va professional kadrlar tayyorlanmoqda.
8 yil davomida biz:
🎓 minglab iqtidorli talabalarni kasbga yönaltirdik,
✅ 21 nafar talabamiz Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari, 32 nafar talabamiz esa maxsus stipendiyalar sovrindori bölişga muvaffaq böldi;
🆕 önlab yirik media loyihalarni birgalikda amalga oşirdik;
👍ÖzJOKU huzuridagi ilmiy kengaşda 80 dan ortiq ilmiy iş dissertatsiyalari muvaffaqqiyatli himoya qilindi;
👨💼 Qariyb 80 ga yaqin xorijiy va mahalliy taşkilotlar, ta’lim muassasalari hamda idoralar bilan hamkorlik aloqalarini örnatdik;
🌐 jurnalistika va ijtimoiy- gumanitar sohalarning yangi avlodini şakllantirişda muhim va dadil qadamlar taşladik.
Bu maşaqqatli 8 yil davomida biz bilan birga bölgan barça ustozlar, talabalar va hamkor-döstlarimizga çuqur minnatdorlik bildiramiz!
Oldinda esa yanada ulkan marralar, yangi yutuqlar va katta maqsadlar bizni kutmoqda. Işonamizki, ÖzJOKU bundan buyon ham mamlakatimizning eng faol, eng izlanuvçan va eng zamonaviy fikrlovçi yoşlari jam böladigan ilm va tafakkur maskani bölib qoladi.
Qadrdon Universitetimizga uzoq umr, ilmiy va ijodiy ravnaq hamda yangi zafarlar tilaymiz!
Bayram qutlug‘ bölsin, ÖzJOKU!
Manba: Telegram


