
Nomzodlar grant oliş uçun 2026-yil 15-yanvarga qadar ariza topşirişlari lozim. Özbekiston Swedish Institute Scholarships for Global Professionals (SISGP) dasturi doirasida Şvetsiyada nufuzli magistratura…
Nomzodlar grant oliş uçun 2026-yil 15-yanvarga qadar ariza topşirişlari lozim.
Özbekiston Swedish Institute Scholarships for Global Professionals (SISGP) dasturi doirasida Şvetsiyada nufuzli magistratura dasturlarida bepul ta’lim oliş huquqiga ega mamlakatlar röyxatiga kiritildi.
SISGP stipendiya dasturi rivojlanayotgan mamlakatlardan bölgan, barqaror rivojlanişga hissa qöşişni maqsad qilgan kelajak liderlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
Dastur Şvetsiyaning 29 ta yetakçi oliy ta’lim muassasalarida amalga oşirilayotgan ingliz tilidagi magistratura dasturlarini qamrab oladi. Ular orasida Yevropa top-universitetlari qatoriga kiruvçi KTH, Lund University, Uppsala University, Karolinska Institute, Çalmers University va boşqalar mavjud.
Özbekiston fuqarolari quyidagi yönalişlar böyiça şved universitetlarining magistratura dasturlariga hujjat topşirişlari mumkin:
✅ davlat boşqaruvi;
✅tibbiyot;
✅ tadbirkorlik va innovatsiyalar;
✅ STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika).
Tanlov qoidalariga muvofiq, öqiş dasturini tanlaş nomzod ixtiyorida qoladi. Şu bilan birga, odatda barqaror rivojlaniş ustuvor yönalişlariga mos keladigan hamda olingan bilimlarni nomzodning öz mamlakatida amaliy qöllaş imkoniyatini körsatib beradigan arizalarga ustunlik beriladi.
Ariza topşiriş tartibi ikki parallel bosqiçdan iborat:
✅ nomzod tomonidan magistratura dasturini tanlaş (quyidagi havola orqali:
https://si.se/en/apply/scholarships/swedish-institute-scholarships-for-global-professionals/), bunda birinçi tanlov sifatida eng maqbul universitet körsatilişi muhim;
✅ tanlangan magistratura dasturlari böyiça universitetlarga markazlaşgan platforma orqali hujjat topşiriş
(www.universityadmissions.se) — 2026-yil 15-yanvargaça;
✅Şvetsiya instituti stipendiyasi uçun ariza topşiriş — 2026-yil 9–25-fevral kunlari.
Nomzodlarga qöyiladigan asosiy talablar:
✅tugallangan oliy ma’lumot (kamida bakalavr darajasi);
✅ingliz tilini belgilangan darajada biliş;
✅tasdiqlangan professional tajriba (öqiş yönalişiga mos iş tajribasi — kamida 1 yil);
✅liderlik sifatlari va olingan bilimlarni Özbekistonda amalga oşiriş salohiyatini namoyon etuvçi motivatsion xat.
Şvetsiya instituti — Şvetsiya haqida global miqyosda axborot tarqatiş, şuningdek, madaniyat, ta’lim, fan, demokratiya va barqaror rivojlaniş sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş bilan şuğullanuvçi davlat taşkilotidir.
Manba: Telegram


