1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va…

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta taşkil etildi. Uşbu…

Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta taşkil etildi.

Uşbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida taşkil etiş, ta’lim sifati va samaradorligini oşiriş hamda inson kapitalini rivojlantiriş böyiça işlarni yangi darajaga olib çiqişdan iborat.

Şuningdek, ta’limning barça turlari örtasidagi özaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlaş, maktabgaça ta’limdan tortib oliy ta’limgaça barça bosqiçlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boşqaruv tizimini joriy qiliş, uning jamoatçilik oldida hisobdorligini oşiriş közda tutilgan.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки.

Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала.

Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью.

Asl xabar: Prezident matbuot kotibi | Şerzod Asadov

Manba: Telegram