
Malayziyaning Melaka şahrida joylaşgan Universiti Teknikal Malaysia Melaka (UTeM) universitetida Özbekiston–Malayziya ta’lim va madaniy kuni hamda universitetlar ayol olimalari xalqaro forumi bölib ötdi. Uşbu…
Malayziyaning Melaka şahrida joylaşgan Universiti Teknikal Malaysia Melaka (UTeM) universitetida Özbekiston–Malayziya ta’lim va madaniy kuni hamda universitetlar ayol olimalari xalqaro forumi bölib ötdi. Uşbu forumda ÖzJOKU nomidan Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor Nozima Muratova iştirok etdi. U “Ayollar liderligi va zamonaviy professional kompetensiyalar rivoji” mavzusida ma’ruza qilib, global ta’lim muhitida xotin-qizlarning örni, innovatsion fikrlaş va zamonaviy könikmalarni şakllantiriş masalalari yuzasidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
📚 Forum doirasida:
— Özbekiston va Malayziya oliy ta’lim muassasalari iştirokida universitetlar körgazmasi taşkil etildi;
— milliy madaniyatimiz, an’analarimiz va ta’lim salohiyatimiz namoyiş qilindi;
— ayollar liderligi, STEM sohasida xotin-qizlar iştiroki, raqamli transformatsiya va ta’lim sifati kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
💡 Şuningdek, forumda:
— ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etiş;
— qöşma ilmiy loyihalarni rivojlantiriş;
— talabalar va professor-öqituvçilar akademik mobilligini kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Uşbu forum ta’lim, ilm-fan va madaniyatni birlaştirgan muhim muloqot maydoni sifatida Özbekiston va Malayziya örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Manba: Telegram


