
Tadbir mamlakatimizda amalga oşirilayotgan demokratik islohotlar, fuqarolik jamiyatining rivoji va 2023-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaning yangi tahriri ahamiyatiga bağişlandi. Tadbirda ÖzJOKU rektori, prof, dr…
Tadbir mamlakatimizda amalga oşirilayotgan demokratik islohotlar, fuqarolik jamiyatining rivoji va 2023-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaning yangi tahriri ahamiyatiga bağişlandi.
Tadbirda ÖzJOKU rektori, prof, dr. Şerzodxon Qudratxöja, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi rahbari Alişer Qodirov, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi a’zosi Şaxnoza Jöldasova iştirok etib, Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi örni, inson huquqlarini ta’minlaşdagi ahamiyati hamda yoşlar uçun oçilayotgan yangi imkoniyatlar borasida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbirning badiiy qismida harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar tantanaga alohida ruh bağişladi. Şuningdek, jadid bobolarimizning ma’rifiy merosi, konstitutsiyaviy qadriyatlar va boş qomusimizning yaratiliş jarayonini aks ettirgan sahna körinişlari tomoşabinlarga kuçli taassurot qoldirdi.
Bayram doirasida Konstitutsiya kuni munosabati bilan ötkazilgan ijodiy işlar tanlovida faol iştirok etgan talaba va yoş ijodkorlar taqdirlandi.


