
Tadbirda Universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar, talabalar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Keça avvalida Universitet rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöja tadbirni…
Tadbirda Universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar, talabalar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Keça avvalida Universitet rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöja tadbirni oçib berib, Bobur siymosi nafaqat yuksak didli şoir, teran tafakkur sohibi, boy ma’naviy meros egasi ekanligini, balki kuçli va dono sarkarda, strateg va haqiqiy qomondon bölganini ta’kidladi.
🖌Adabiy-badiiy dastur davomida Bobur ğazallari mahorat bilan ijro etildi. Ayniqsa, universitetning YUNESKO va ixtisoslaşgan media kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Muxtor Xudayqulov qalamiga mansub “Huşyordagi huşyor” tarixiy drama-monolog asari asosida “Evriliş” teatr jamoasi tomonidan sahnalaştirilgan spektakl tadbirga özgaça ruh bağişladi.
➡️Sahna asari orqali Boburning murakkab hayot yöli, jasorati va zakovati badiiy talqinda namoyon etildi. Şuningdek, universitet talabasi Abduqodirov Şahboz tomonidan ijro etilgan “Lola” qöşiği mehmonlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Manba: Telegram


