1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamentiga yangi a’zolar saylandi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

2025-yil 13-may kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar masalalari böyiça komissiyaning navbatdagi yiğilişida muhim qaror qabul qilindi. Siyosiy partiyalar tomonidan…

2025-yil 13-may kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar masalalari böyiça komissiyaning navbatdagi yiğilişida muhim qaror qabul qilindi. Siyosiy partiyalar tomonidan respublika bosqiçida ğolib deb topilgan 150 nafar nomzod rasmiy tarzda Yoşlar parlamenti a’zoligiga tasdiqlandi.Saylangan tarkib a’zolari orasida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining bilimli, iqtidorli va umidli yoşlari ham borligi universitet uçun ğurur.Islamov Şerzodxon Zayniddin öğli — Axborot xizmati va jamoatçilik bilan aloqalar yönalişi 4-bosqiç talabasi, Özbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan;

🔸 Fayziyeva Fotima Tohir qizi — Teleradio yönalişi 3-bosqiç talabasi, Özbekiston "Milliy tiklaniş" demokratik partiyasidan;

🔸 Feruzbek Sayfullayev — Jurnalistika yönalişining Sirtqi ta’lim 1-bosqiç talabasi, Özbekiston Ekologik partiyasidan;

🔸Odiljonova Durdona Nodir qizi — Sport jurnalistika yönalişi bitiruvçisi, Özbekiston liberal-demokratik partiyasidan;

🔸 Oçilov Islombek Baxriddin öğli — Siyosatşunoslik yönalişi 4- bosqiç talabasi, Özbekiston "Milliy tiklaniş" demokratik partiyasidan;

🔸 Töxtaşeva Ozodaxon Husniddin qizi — Teleradio jurnalistika yönalişi bitiruvçisi, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan;

🔸 Nuriddinov Ziyovuddin Ötkiroviç — Siyosatşunoslik yönalişi bitiruvçisi, Özbekiston liberal-demokratik partiyasidan;

🔸 Hasanov Xurşedjon Zafarjonoviç —Mediadizayn yönalişi 4-bosqiç talabasi, Özbekiston liberal-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti a’zosi etib saylandi!

Yoşlar parlamentiga saylangan har bir ÖzJOKU bitiruvçisi va talabasini universitet nomidan tabriklaymiz. Ularga faoliyatlarining yangi bosqiçida kuç-quvvat, omad va faqat muvaffaqiyatlar tilaymiz!