1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Olima ayollar — millat kelajagining bunyodkor kuçi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

11-fevral Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi tomonidan “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida e’tirof etilgan bölib, bu sana ilm yölini tanlagan ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi…

11-fevral Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi tomonidan “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida e’tirof etilgan bölib, bu sana ilm yölini tanlagan ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi örni, ularning ilm-fan sohasidagi şijoati, intellektual salohiyati hamda fidokorona mehnatining dunyo hamjamiyati tomonidan munosib qadrlanişini namoyon qiladi.

Olima ayollar nafaqat ilmiy yangiliklar yaratuvçisi, balki ma’naviy yetakçisi, tafakkur tarbiyaçisi va kelgusi avlod uçun ibrat maktabidir.

Ayni ma’noda, bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ilmiy faoliyat bilan şuğullanayotgan olima ayollar öz salohiyati va taşabbuslari bilan ta’lim va fan rivojiga munosib hissa qöşib kelmoqda. Ilm-fan sohasida 146 nafar ayol professor-öqituvçilar, xodimlar va tadqiqotçi faoliyat yuritmoqda.

Ular orasida:

5 nafar DSc va 45 nafar PhD ilmiy darajasiga ega professor-öqituvçilar, 27 nafar doktorant-tadqiqotçilar, 70 nafar mustaqil tadqiqotçilar taşkil etadi.

Olima ayollar tomonidan olib borilayotgan izlanişlar ilmiy an’analar davomiyligini ta’minlab, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilayotgan muhim ğoyalar manbaiga aylanmoqda.

Farzand tarbiyasi, oila mas’uliyati bilan bevosita boğliq tarzda ilm yölini heç ikkilanmay tanlagan, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşib kelayotgan xotin-qizlarni tabriklaymiz. Ilmiy izlanişlaringiz bardavom, ğoyalaringiz sermahsul, yutuqlaringiz doimo yuksak bölsin!

Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor, dr. Nozima Muratova va Universitet ilmiy bölim jamoasi

Manba: Telegram