1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Namanganga media-tur taşkil etildi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja boşçiligida talabalar bilan Namangan viloyatining iqtisodiy, innovatsion, sanoat va turizm salohiyati bilan…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja boşçiligida talabalar bilan Namangan viloyatining iqtisodiy, innovatsion, sanoat va turizm salohiyati bilan yaqindan tanişiş maqsadida keng qamrovli media-tur taşkil etildi.

Media-tur davomida talabalar dastlab “Namangan aqlli şahar vaziyatlar markazi” hamda “Sun’iy intellekt” ilmiy laboratoriyasi faoliyati bilan tanişib, viloyatda raqamlaştiriş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot oldilar.

Şundan söng iştirokçilar Namangan xalqaro aeroportida olib borilayotgan keng kölamli quriliş va modernizatsiya işlari bilan tanişdilar. Yangi terminal foydalanişga topşirilgaç, u yiliga 3 million nafar yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega bölişi rejalaştirilgani qayd etildi.

Media-tur iştirokçilari “Yangi Namangan” şaharçasida bunyod etilayotgan zamonaviy turar joylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, keng köçalar va yaşil hududlarni közdan keçirib, hududning zamonaviy urbanizatsiya loyihalari bilan tanişdilar.

Şuningdek, talabalar Namanganning yirik tekstil korxonalaridan biri — “Iftixor Kiyim Sanoati” faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Korxonada xalqaro standartlarga mos tayyor kiyim-keçaklar işlab çiqarilib, Bugatti, Pierre Cardin va Roy Robson kabi Yevropaning maşhur brendlari buyurtmalari tayyorlanadi. Bundan taşqari, korxonada Mercedes-Benz, BMW va Rolls-Royce avtomobillari uçun maxsus salon matolari ham işlab çiqariladi. Mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yönaltirilgan bölib, korxona Namangan viloyatining sanoat va eksport salohiyatini yuksaltirişda muhim örin tutmoqda.

Media-tur dasturidan örin olgan yana bir muhim manzillar “Qöyçilik klasteri” hamda “Uyçi Parranda” korxonalarida ham bölib, zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari, ilğor texnologiyalar va mahsulot yetiştirişning töliq sikli bilan yaqindan tanişdilar.

Media-turning yakuniy manzili “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomidagi madaniyat va istirohat boği böldi. Bu yerda talabalar 65-xalqaro gullar festivali tadbirlarida iştirok etdilar. Mazkur festival dunyodagi eng yirik gullar kompozitsiyalaridan biri yaratilgani uçun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Rang-barang gullar kompozitsiyalari, landşaft dizaynlari va madaniy tadbirlar festival iştirokçilarida unutilmas taassurot qoldirdi.

Mazkur media-tur talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaş, hududlarda amalga oşirilayotgan islohotlarni bevosita kuzatiş hamda zamonaviy jurnalistika uçun sifatli media mahsulotlar tayyorlaş böyiça muhim tajriba orttiriş imkonini berdi. Namangan viloyatida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik, innovatsiya va sanoat loyihalari esa talabalarda hududning bugungi taraqqiyoti haqida yanada kengroq tasavvur hosil qildi.


Mazkur media-turning yuqori saviyada taşkil etilişiga kömaklaşgan Namangan viloyati hokimligi, Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rahbariyati hamda taşrif davomida yaqindan hamkorlik qilgan barça taşkilot va korxonalar jamoalariga samimiy minnatdorlik bildiramiz!

Videoni Telegram’da köriş

Manba: Telegram