1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Namanganga media-tur taşkil etildi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda rektor, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja boşçiligida ÖzJOKU talabalari uçun Namangan…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda rektor, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja boşçiligida ÖzJOKU talabalari uçun Namangan viloyatining iqtisodiy, innovatsion, sanoat va turizm salohiyati bilan yaqindan tanişiş maqsadida keng qamrovli media-tur taşkil etildi.

Media-tur davomida talabalar dastlab “Namangan aqlli şahar vaziyatlar markazi” hamda “Sun’iy intellekt” ilmiy laboratoriyasi faoliyati bilan tanişib, viloyatda raqamlaştiriş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot oldilar.

Şundan söng iştirokçilar Namangan xalqaro aeroportida olib borilayotgan keng kölamli quriliş va modernizatsiya işlari bilan tanişdilar. Yangi terminal foydalanişga topşirilgaç, u yiliga 3 million nafar yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega bölişi rejalaştirilgani qayd etildi.

Media-tur iştirokçilari “Yangi Namangan” şaharçasida bunyod etilayotgan zamonaviy turar joylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, keng köçalar va yaşil hududlarni közdan keçirib, hududning zamonaviy urbanizatsiya loyihalari bilan tanişdilar.

Şuningdek, talabalar Namanganning yirik tekstil korxonalaridan biri — “Iftixor Kiyim Sanoati” faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Korxonada xalqaro standartlarga mos tayyor kiyim-keçaklar işlab çiqarilib, Bugatti, Pierre Cardin va Roy Robson kabi Yevropaning maşhur brendlari buyurtmalari tayyorlanadi.

Bundan taşqari, korxonada Mercedes-Benz, BMW va Rolls-Royce avtomobillari uçun maxsus salon matolari ham işlab çiqariladi.

Mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yönaltirilgan bölib, korxona Namangan viloyatining sanoat va eksport salohiyatini yuksaltirişda muhim örin tutmoqda.

Media-tur dasturidan örin olgan yana bir muhim manzillar “Qöyçilik klasteri” hamda “Uyçi Parranda” korxonalarida ham bölib, zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari, ilğor texnologiyalar va mahsulot yetiştirişning töliq sikli bilan yaqindan tanişdilar.

Media-turning yakuniy manzili “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomidagi madaniyat va istirohat boği böldi. Bu yerda talabalar 65-xalqaro gullar festivali tadbirlarida iştirok etdilar. Mazkur festival dunyodagi eng yirik gullar kompozitsiyalaridan biri yaratilgani uçun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Rang-barang gullar kompozitsiyalari, landşaft dizaynlari va madaniy tadbirlar festival iştirokçilarida unutilmas taassurot qoldirdi.

Mazkur media-turning yuqori saviyada taşkil etilişiga yaqindan kömaklaşgan Namangan viloyati hokimligi va hokimi Şavkat Abdurazzoqovga, Namangan şahar va Çust tuman hokimliklariga, barça taşkilot va korxonalar jamoalariga samimiy minnatdorlik bildiramiz!

Manba: Telegram