
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan katta tadbir bölib ötdi. Tadbirni universitet rektori, prof. dr…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan katta tadbir bölib ötdi. Tadbirni universitet rektori, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja oçib berib, nutq sözladi.
Nutqida Muhammad Yusufning xalqçil şe’riyati, yoşlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşdagi ahamiyati haqida gapirib, “Samarqandga borsam men agar” şe’rini çuqur tahlil qilib berdi. Samarqandga borganida Abdullatifning qabrini körganini va uşbu şe’r yodiga kelib, közlariga yoş tölganini sözlab berdi. Muhammad Yusuf kitoblarini köproq öqişlarini va tahlil qilişlarini tavsiya qildi.
Tadbirda şoir asarlaridan sahna körinişlar namoyiş etildi. Şuningdek, şe’rlarini talabalar yoddan öqidilar. Kuyga solib, ijro etdilar.
Muhammad Yusufning umr yöldoşi
Nazira as-Salom
ajoyib tadbir uçun öz minnatdorligini bildirib, nutq sözladi. Şoirning qaynotasi
Ğaybulloh as-Salomning
qanday katta olim ekanligi haqida, özi ham ularning nevara şogirdi bölgani haqida ham talabalarga ma’lumot berdi.
Manba: Telegram


