1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

2026-yil 25-27-aprel hamda 2-4-, 11-13- va 25-may kunlari kunlari ötkazilişi belgilangan Ona (özbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e’lon qilindi. 🆔 Talabgorlar…

2026-yil 25-27-aprel hamda 2-4-, 11-13- va 25-may kunlari kunlari ötkazilişi belgilangan Ona (özbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

🆔 Talabgorlar öz natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bölimi orqali bilişlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olişlari mumkin.

📊 Test natijalari xalqaro metodika – Raş modeli asosida hisoblangan bölib, talabgorlarga töplagan bali asosida quyidagiça sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 va undan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

🏢 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kiriş test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uçun — tegişli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uçun — tegişli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uçun — tegişli majburiy fandan maksimal ball.

💻 Akademik litseylarga kiriş test sinovlarida sertifikati mavjud öquvçilarga tegişli fandan maksimal ball beriladi.

Manba: Telegram