
Bugun Samarqand şahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi" start oldi. Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan, şuningdek Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardan vazirlar, vazir…
Bugun Samarqand şahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi" start oldi. Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan, şuningdek Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan vazirlar, vazir örinbosarlari hamda 300 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari xalqaro taşkilotlar vakillari, şuningdek, rektor Şerzodxon Qudratxöja boşçiligida ÖzJOKU jamoasi ham iştirok etmoqda.
Ma’lumot uçun, Kongressda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 45 ta universitetdan 80 nafardan ortiq vakillar, Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 dan ortiq universitetdan 40 nafardan ziyod iştirokçilar, şuningdek Özbekistondan 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 200 nafardan ziyod vakillar qatnaşmoqda.
Kongressning rasmiy oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari örinbosari Ilhom Siradjev, Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov, Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Xudayarov, Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Toyvo Klaar, Polşa Respublikasi fan va oliy ta’lim vaziri Marsin Kulasek, Tojikiston Respublikasi ta’lim va fan vaziri Saidzoda Rahim Hamro, Polşa akademik oliy ta’lim muassasalari rektorlari konferensiyasi (CRASP) prezidenti Bogumila Kanevska hamda IREG Academic Ranking & Excellence Observatory prezidenti Valdemar Sivinski iştirok etdi. Ular tomonidan ta’lim va ilm-fan sohasidagi şeriklikni çuqurlaştirişga doir fikr va takliflar bildirildi.
Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida vazirlar iştirokida panel sessiya taşkil etildi. Unda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari örtasida hamkorlikning yangi yönalişlari, strategik yondaşuvlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atrofliça muhokama qilindi.
Şuningdek, Kongress doirasi "Study in Uzbekiston" maxsus portaliga kirgan universitetlarning OTM közgazmalari taşkil qilindi. Uşbu közgazmada ÖzJOKU delegatsiyasi ham özining batafsil va axborotga boy ekspozitsiyalari bilan qatnaşdi.
Manba: Telegram


