
Prezident Şavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etiş hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni taşkil qiliş yuzasidan taqdimotlar bilan tanişdi. Yangi darsliklarda…
Prezident Şavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etiş hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni taşkil qiliş yuzasidan taqdimotlar bilan tanişdi.
Yangi darsliklarda öquvçilarning tanqidiy va mustaqil fikrlaşi, ijodkorligi, muloqot va amaliy könikmalarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2027-yilgaça 1 342 nomdagi darslik va öquv-metodik material tayyorlaş rejalaştirilgan.
Dual ta’lim doirasida esa talabaning nazariy bilimini korxonadagi amaliyot bilan uyğunlaştiriş közda tutilmoqda. Kelgusida 185 ming nafar, ya’ni 3–4-bosqiç talabalarining kamida 80 foizini dual ta’limga qamrab oliş maqsad qilingan.
Şuningdek, Xiva şahrida Lyaonin pedagogika universiteti filialini taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Bu yerda xitoy tili, xalqaro biznes, turizm boşqaruvi va sun’iy intellekt yönalişlarida mutaxassislar tayyorlanadi. Ta’lim özbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi.
Davlatimiz rahbari ta’lim sifatini oşiriş, dual ta’limni hududlardagi korxonalar ehtiyoji bilan boğlaş va yangi filialda qabul jarayonlarini puxta taşkil etiş böyiça topşiriqlar berdi.


