
Korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça Davlatlararo kengaş şafeligida, Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi taşabbusi bilan Armaniston, Belarus, Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston va boşqa hamkor davlatlar…
Korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça Davlatlararo kengaş şafeligida, Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi taşabbusi bilan Armaniston, Belarus, Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston va boşqa hamkor davlatlar prokuratura idoralari bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarşi birgalikda!” nomli yoşlar örtasidagi xalqaro ijodiy tanlov e’lon qilindi.
Tanlovda 10 yoşdan 25 yoşgaça bölgan barça davlatlar fuqarolari qatnaşiş huquqiga ega.
Tanlov quyidagi yönalişlarda bölib ötadi:
Eng yaxşi plakat – kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oşmagan holda.
Eng yaxşi rasm – qölda çizilgan ijodiy iş, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oşmagan.
Eng yaxşi video – mp4 formatda, 3840x2160 pikseldan ortiq bölmagan, hajmi 300 MB gaça.
Tanlov ğolib va sovrindorlari tanlov ramzlari tuşirilgan faxriy medallar, esdalik sovğalari, elektron sertifikat va boşqa rağbatlantiruvçi mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Tanlovga arizalar joriy yining 1-oktabrigaça qabul qilinadi.


