1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Korrupsiya – taraqqiyot kuşandasi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar örtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltiriş, ularni turli jinoyatçilik hamda huquqbuzarliklardan ogoh etiş maqsadida…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar örtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltiriş, ularni turli jinoyatçilik hamda huquqbuzarliklardan ogoh etiş maqsadida “Korrupsiya – taraqqiyot kuşandasi”, "Bezorilik hamda şaxsga tan jarohati yetkaziş jinoyatlarining oldini oliş" mavzularida davra suhbati bölib ötdi.

Unda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi axborot xizmati rahbari Şerzod Saparov hamda Içki işlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovçisi, podpolkovnik Şerzodjon Obidov iştirok etdi.

Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, halollik va adolat tamoyillarining ahamiyati, şuningdek, yoşlar örtasida uçraşi mumkin bölgan bezorilik, zöravonlik va şaxsga tan jarohati yetkaziş bilan boğliq holatlarning oldini oliş böyiça muhim tuşuntirişlar berildi.

Mutaxassislar tomonidan bu kabi huquqbuzarliklarning kelib çiqiş sabablari, ularning huquqiy oqibatlari hamda har bir yoşning qonunga hurmat ruhida yaşaşi zarurligi alohida ta’kidlandi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olib, mavzu yuzasidan foydali tavsiyalar oldilar


#yoşlarkuni

1 / 4

Manba: Telegram