1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

“Kino QUIZ” intellektual öyini bölib ötdi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar örtasida “Kino QUIZ” intellektual öyini taşkil etildi. Mazkur bellaşuv talabalarning kino san’ati borasidagi bilimlarini sinovdan…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar örtasida “Kino QUIZ” intellektual öyini taşkil etildi.

Mazkur bellaşuv talabalarning kino san’ati borasidagi bilimlarini sinovdan ötkaziş, mantiqiy fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş hamda jamoaviy hamkorlik muhitini mustahkamlaş maqsadida ötkazildi.

Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy tarzda keçgan intellektual öyinda jamoalar turli filmlar, maşhur qahramonlar, saundtreklar va kino olamiga oid savollar böyiça öz bilimlarini namoyiş etdi.

Yakuniy natijalarga köra:
🥇 — “Evriliş” teatr jamoasi
🥈 — “PR Team” jamoasi
🥉 — “Iftixor” jamoasi

Ğolib jamoalar taşkilotçilar tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

Tadbir talabalar uçun nafaqat intellektual bellaşuv, balki maroqli hordiq va samimiy muhit ulaşgan loyiha sifatida katta taassurot qoldirdi.

Manba: Telegram